«Liverpul» «MYu»ning 50 yil avvalgi natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Liverpul» Angliya chempionatining 9-turida «Manchester Yunayted»ni 5:0 hisobida mag'lub etib, "qizil iblislar" tomonidan 1960 yilda qayd etilgan natijani takrorladi.
"Opta" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Angliyaning yuqori divizioni tarixida ikkinchi jamoa ketma-ket ikkita o'yinda kamida 5ta gol urib, shu bilan birga, gol o'tkazmagan holda g'alaba qozondi. "MYu" 1960 yilning fevral–mart oylarida shunday natijani birinchi bo'lib qayd etgandi.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul» APLning 8-turi doirasida safarda «Uotford» ustidan 5:0 g'alaba qozongandi.
«Liverpul» joriy mavsumda 21 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. «Manchester Yunayted» esa 14 ochko bilan 7-pog'onada qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210