Gvardiola o'z futbolchsini jamoadan haydamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so'nggi matbuot anjumanlarida vinger Rahim Sterlingni himoya qilgani va uning jamoa uchun muhimligini ta'kidlaganiga qaramay, ispaniyalik mutaxassis futbolchining klubdan ketishini istamoqda.
Britaniyaning The Mirror nashri xabar berishicha, Sterlingning murabbiy bilan munosabatlari keskinlashgan. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Gvardiolaning o'zi jamoa ichidagi muhitga zarar etkazmoqchi emas.
Aytgancha, ingliz joriy mavsumda «shaharliklar»ning asosiy tarkibida atigi uch marta maydonga tushgan. Oldinroq Ispaniyaning «Barselona» klubi Rahimga qiziqish bildirgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174