La Liga. Suares dubl qayd etgan uchrashuvda «Atletiko» mag'lubiyatdan qutilib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Ispaniya La Ligasi 10-turidan o'rin olgan bir qancha uchrashuvlar yakunladi. Xususan, o'tgan mavsum chempioni «Atletiko» o'z maydonida «Real Sosedad» jamoasini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ushbu durangdan keyin, san-sebastyanliklar hisobidagi ochkolar soni 21taga etdi va «Real»dan bitta o'yin ko'p o'tkazgan holda, La Liga turnir jadvalida etakchiga aylanib oldi. «Matraschilar»da esa 18 ochko mavjud bo'lib, 4-pog'onada joylashgan. Turning qolgan ikki uchrashuvida «Sevilya» o'z maydonida «Levante»ni qabul qilib, 5:3 hisobida g'alaba qozondi. «Betis» esa «Rayo Valekano» ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.
24 oktyabr, yakshanba
«Atletiko» — «Real Sosedad» 2:2
Gollar: 0:1 – 7 Syorlot, 0:2 – 48 Isak, 1:2 – 61 Suares, 2:2 – 77, penalti Suares.
«Atletiko»: Oblak, Tripper, Felipe, Ermoso (Errera, 73), Lodi (Korrea, 58), Koke, de Paul (Kondogbia, 58), Lemar (Karrasko, 46), Suares, Grizmann (Mateus Kunya, 73), Joau Feliks.
«Real Sosedad»: Remiro, Saldua (Turrientes, 64), Elustondo, Le Norman, Subeldiya, Gorosabel, Silva (Pacheko, 63), Merino, Gevara (Yanuzay, 88), Syorlot (Lobete, 89), Isak (Portu, 64).
Ogohlantirishlar: Felipe (31), Saldua (41), Elustondo (68), Merino (76).
«Sevilya» — «Levante» 5:3
Gollar: 1:0 – 8 Oliver Torres, 2:0 – 24 Rafa Mir, 2:1 – 33 Morales, 3:1 – 38 Diego Karlos, 4:1 – 50 Munir, 4:2 – 55 Morales, 4:3 – 61 Melero, 5:3 – 64 Fernando.
«Betis» — «Rayo Valekano» 3:2
Gollar: 1:0 – 22 Moreno, 2:0 – 24 Xuanmi, 2:1 – 45 Nteka, 2:2 – 65 Garsiya, 3:2 – 75, penalti Villian Joze.

Bosh sahifaga
183