A seriya. Semeone o'g'lining «pokeri» evaziga «Verona» «Latsio»ni yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Italiya chempionatining 9-turi doirasida "Latsio" safarda "Verona" klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda mag'lubiyat alamini tortdi.
Mezbonlarning barcha 4ta goli «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li Jovanni Simeonening hisobiga yozildi. 26 yoshli argentinalik futbolchi bahsning 30, 36, 62 va 92-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Simeone so'nggi 4ta o'yinda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Rimliklarning yagona goli esa hujumchi Chiro Immobile hisobiga yozildi.
"Verona" ushbu g'alaba tufayli o'z ochkoalarini 11taga etkazib, 11-o'ringa ko'tarilib oldi. "Latsio" esa 14 ochko bilan 7-pog'onaga tushdi.
Italiya A seriyasi, 9-tur
Verona – Latsio 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 30 Simeone, 2:0 – 36 Simeone, 2:1 – 46 Immobile, 3:1 – 62 Simeone, 4:1 – 90 Simeone.
Verona – Montipo, Faraoni, Gyunter (Shutalo, 69), Davidovich, Kazale (Chekkerini, 45), Lazovich (Manyani, 81), Velozu (Tamez, 69), Barak, Ilich (Ongla, 81), Kaprari, Simeone.
Latsio – Reyna, Marushich, Radu, Gabarron, Xyusay (Ladzari, 57), Leyva (Kataldi, 63), Akpa-Akpro (Luis Alberto, 56), Milinkovich-Savich, Pedro (Moro, 63), Immobile, Felipe Anderson.
Ogohlantirishlar: Velozu (9), Gabarron (44), Akpa-Akpro (56), Chekkerini (66).

Bosh sahifaga
249