Alaba o'zining ilk «klasiko»sida gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan «Barselona» va «Real» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etdi.
Dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng madridliklar 1:0 hisobida oldinda borishmoqda. Anchelotti jamoasi bahsning 32-daqiqasida qarshi hujum uyushtirishdi va hisobni ochishdi. Rodrigo Goesning uzatmasidan keyin himoyachi David Alaba raqib jarima maydoniga kirar-kirmas olis burchak sari aniq va kuchli zarba berdi. Ter Shtegen esa to'pga tashlandi, ammo uni qaytara olmadi.
Avstriyalik futbolchi "Real"ga o'tganidan keyin ilk "el-klasiko"da ishtirok etmoqda va "Madrid" safidagi o'zining ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234