«Yuventus» quyi diviziondan futbolchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Turinning «Yuventus» klubi Italiyaning ikkinchi divizion futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Gap «Piza» hujumchisi Lorentso Luka haqida ketmoqda. Hujumchi joriy mavsum 8 ta o'yinda 6 ta gol urdi. U texnik va jismoniy o'xshashliklari tufayli Luka Toni bilan solishtirilyapti.
Futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Turinliklar kelasi qishda futbolchini sotib olishni reja qilgan.
Avvalroq, Lukaga Italiyaning yana bir grand jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340