Liga 1. "Nitstsa" super o'yinda "Lion"ni taslim qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Frantsiya chempionatida 11-turi o'yinlari davom etmoqda.
Turning navbatdagi qiziqarli uchrashuviga Nitstsa shahri mezbonlik qildi. Unda maydon egalari "Nitstsa" "Lion"ni qabul qilib 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.
"Nitstsa"ning gollariga Yusef Atal, Endi Delor va Evann Gessan muallifilik qilishgan bo'lsa, mehmonlardan Karl Toko-Ekambi va Ussem Auar javob to'plari muallifiga aylanishdi.
Frantsiya Chempionati
11-tur
"Nitstsa" — "Lion" — 3:2 (0:1,3:1)
Gollar: Toko-Ekambi, 35 (0:1). Auar, 68 (0:2). Atal, 81 (1:2). Delor, 89 — penaltidan (2:2). Gessan, 90+3 (3:2).
"Nitstsa": Benites, Dante, Todibo, Bard, Danilyuk (Atal, 67), Lemina (Rosario, 67), Tyuram, Budaui (Da Kunya, 67), Delor, Dolberg (Gessan, 83), Guiri (Klod-Moris, 77).
"Lion": Antoni Lopesh, Boateng, Denayer, Dyubua, Emerson, Auar (Diomande, 90+1), Kakere, Lukas Paketa, Gimarayns, Toko-Ekambi (Tiagu Mendes, 89), Kadevere.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
341