Boks. O'zbekiston bayroqdori kim bo'lishi ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Bugun jahon chempionatining ochilish marosimi o'tkaziladi, unda Lazizbek Mullojonov O'zbekiston bayroqdori bo'ladi.
Ochilish marosimida har bir mamlakat terma jamoasi vakillari o'z yurtlari bayrog'ini ko'tarib chiqishadi. O'zbekiston terma jamoasida ushbu sharafli vazifa eng og'ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonovga ishonib topshirildi.
Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Unga jahon boksi olamidagi yulduzlar, hususan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham AIBA tomonidan mehmon sifatida taklif etilgan.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341