Arteta hujumchisini «Arsenal»da olib qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi hujumchisi Aleksandr Lyakazettning kelajagi haqida gapirdi. Todofichajes nashrining xabar berishicha, hujumda kadrlar etishmagani uchun mutaxassis frantsiyalik futbolchini jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.
Lyakazettaning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar hisoblanganini inobatga olsak, shartnoma uzaytirilmasa, klub uni yozda tekinga qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.
Yaqinda «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda Aleksandr faoliyatidagi 200-golini urdi. 30 yoshli futbolchining narxi 22 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192