Igor Sergeev - "So'g'diyona" bilan o'yinlarda to'purar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
Bugun O'zbekiston Superligasi 23-turi doiasidagi "So'g'diyona" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tadi. "So'g'diyona" bilan uchrashuvdan avval o'zaro o'yinlarda o'zini eng ko'p ko'rsatgan "Paxtakor" futbolchilari haqida ma'lumot berib o'tamiz.
Jizzaxliklarga qarshi bellashuvlarda Igor Sergeev eng ko'p marta to'p kiritishga erishgan. U hozirga qadar 12 marta "So'g'diyona" darvozasini ishg'ol qilgan. Anvar Soliev esa Igordan bitta kam gol urgan. Soliev hisobida 11ta gol bor. Dilmurod Nazarov o'z vaqtida ushbu jamoa darvozasiga 6 bor to'p kiritishni uddalagan. Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev va Azamat Abduraimov 5 martadan ushbu jamoa bilan to'qnashuvlarda darvozani ishg'ol etgan.
Jizzaxliklardan Furqat Esonboev 4 marta, Samad Narziqulov 3 bor "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritgan.
O'zaro o'yinlar to'purarlari
12 - Igor Sergeev
11 - Anvar Soliev
6 - Dilmurod Nazarov
5 - Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev, Azamat Abduraimov.

Bosh sahifaga
193