"MYu"ning asosiy futbolchilaridan biri bugun maydonga tushmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"MYu" bugun "Liverpul"ga qarshi kechadigan bahsda asosiy tarkib futbolchisi Fredning xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Xabarlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi shanba kungi jamoa yig'ilishida ko'rinish bermagan. U Sulsher jamoasining muhim futbolchilaridan biridir.
Avvalroq norvegiyalik mutaxassis Reshford va Bruno Fernandeshni maydonga tushmasligi mumkinligi haqida aytgandi. Xususan, u Fernandesh haqida: "Bruno maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Ammo u tayyor bo'lish uchun qattiq mehnat qilmoqda", — deb fikr bildirgandi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223