Sobiq futbolchi: «Ryudiger «Real»ning barcha himoyachilaridan kuchliroq»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Real» va «Liverpul» klublarining sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman Antonio Ryudigerning Madrid grandiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Antonio «Real»ning barcha himoyachilaridan kuchliroq. Klubda anchadan etakchilikni o'z qo'liga oladigan futbolchi yo'q, shuning uchun madridliklar ketma-ket ko'plab futbolchilarga taklif bildira boshladi. Biz bilamizki, ular Mbappe uchun 200 million berishga tayyor edi. Ko'plab futbolchilar kelasi mavsumda Madridga borishi mumkin.
Ryudiger - ajoyib futbolchi. U «Real»ni kuchaytira oladi», - deydi Makmanaman HorseRacing nashriga.
Eslatib o'tamiz, germaniyalik futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi yozda tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205