Murabbiy bilan janjal sabab Luis jamoadan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

«Latsio» yarimhimoyachisi Luis Alberto jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarri bilan janjallashganidan so'ng, klub rahbariyatiga keyingi transfer oynasida jamoani tark etishni xohlashi haqida xabar berdi.
To'g'ri, bu rejani amalga oshirish unchalik oson bo'lmaydi, chunki har bir klub ham bunday xaridni amalga oshira olmaydi. Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «burgutlar» o'z yarim himoyachisini kamida 50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Ta'kidlash joizki, bosh murabbiy bilan kelishmovchilikdan oldin, futbolchi muntazam ravishda o'yin amaliyotini olgan, Alberto hisobida 11 ta o'yin bor.
OAV ispaniyalik futbolchiga asosiy davogarlar «Inter» va «Milan» ekanligiga ishonishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227