Ronaldu «Jenoa»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4184

Italiya chempionatining 28-turi doirasida «Yuventus» klubi «Jenoa»ga qarshi bahs olib boradi. Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mazkur o'yin uchun kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi.
Jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaydnomaga kiritilmadi. Katta ehtimol bilan mutaxassis unga dam berishga qaror qilgan.
«Jenoa» – «Yuventus» uchrashuvi 17 mart, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi.
Ronaldu ushbu mavsumda "keksa sinora" safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol urdi va 12ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205