Salohning agenti «Liverpul»dan misrlik uchun juda katta maosh talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning agenti Rami Abbos mijozi uchun haftasiga 400 ming funtdan ko'proq maosh talab qilmoqda. Shu bois jamoa bilan muzokaralar biroz sekinroq davom etmoqda.
The Times nashri xabariga ko'ra, «Liverpul» rahbariyati 29 yoshli misrlik futbolchini klub tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi kerakligini tushunadi. Ammo, Salohning agenti futbolchi uchun juda ko'p maosh talab qilmoqda.
Joriy Angliya Premer-ligasida Saloh «Liverpul» safida sakkizta o'yinini o'tkazdi, 7ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli hujumchi «Liverpul»da 2017 yildan buyon to'p surmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230