«Inter» futbolchisiga APL va La Liga klublaridan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Inter» vingeri Aleksis Sanchesga qishki transfer mavsumida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Eslatib o'tamiz, chililik «Inter» rahbariyati bilan janjallashib, qishda uning transferini so'ragan.
InterLive nashi xabariga ko'ra, chililik futbolchining xizmatlariga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Boz ustiga, «irislar» bosh murabbiyi Rafael Benites futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istaydi.
Shuningdek, Ispaniya klublari, xususan «Valensiya» va «Betis» ham 32 yoshli Aleksisga taklif jo'natishgan. Qolvaversa, «Inter» futbolchi uchun katta miqdorda pul so'ramasligi ma'lum bo'ldi. Ular maoshni kamaytirish maqsadida chililik bilan xayrlashmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220