«Tottenxem»ustozi Keynning o'yinini e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Ertaga, 24 oktyabr kuni «Tottenxem» Angliya Premer-ligasi doirasida «Vest Xem»ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Nunu Espiritu Santu o'z futbolchilarining tayyorgarligi haqida gapirdi.
Portugaliyalik mutaxassis mavsum boshini o'tkazib yuborgan hujumchi Harri Keynni alohida qayd etdi. «Nyukasl»ga qarshi o'yinda u nihoyat Premer-liganing yangi mavsumida gol urishga muvaffaq bo'ldi Bu - yaxshi holat. O'ylaymanki, u yana o'z o'yini bilan bizni ajablantira boshlaydi. Harri og'ir mavsumdan keyin asta-sekin o'ziga kela boshladi», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Keyn uzoq vaqt davomida sheriklari bilan mashg'ulot o'tkazmagan, chunki u «Manchester Siti»ga o'tishni xohlagan edi.

Bosh sahifaga
237