Benzema qamalib ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Frantsiya terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema ishi bo'yicha sud majlisi qachon o'tishi ma'lum bo'ldi. Futbolchi vatandoshi Mate Valbuenani shantaj qilishda ayblanmoqda, deb xabar beradi Get Football Football News nashri.
Manbaga ko'ra, sud jarayoni 24-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Qayd etilishicha, prokuratura 10 oylik shartli qamoq jazosi va 75 ming evro miqdorida jarima to'lashni talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, voqea olti yil oldin sodir bo'lgan. Benzema Valbuenani shaxsiy videolari bilan shantaj qilishda vositachilik qilgan. Ushbu janjal tufayli har ikkala futbolchi ham Frantsiya terma jamoasining 2016 yilgi UEFA Evropa chempionati uchun yakuniy arizasidan chetlashtirilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238