Van de Bek agentidan «Real» bilan muzokara o'tkazishni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

O'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin turgan gollandiyalik yarimhimoyachi Donni van de Bek faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi.
Defensa Central nashri xabariga ko'ra, yarimhimoyachi «Real»ga o'tmoqchi. Van de Bek allaqachon o'z agentidan «qirollik klubi» rahbariyati bilan muzokara o'tkazishni so'ragan.
Donni o'tgan yili «qizil iblislar» lageriga Amsterdamning «Ayaks» klubidan ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda gollandiyalik atigi uchta uchrashuvda ishtirok etdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, van de Bek 25 million evroga baholanmoqda. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241