Ispan grandi Brozovichni La Ligaga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

«Inter» yarimhimoyachisi Martselo Brozovich jamoada qolishga va yangi shartnoma imzolashga qaror qilganiga qaramay, «Atletiko» vakillari xorvatni Italiyani tark etishga ko'ndirmoqchi.
Madridda o'yinchini murabbiy Diego Simeone ilgari surgan falsafaga juda mos keladi deb ishonishadi. Shuning uchun, kelasi yozda Brozovichni tekinga qo'lga kiritish, klub rahbarlari uchun nihoyatda muvaffaqiyatli bitim bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo
Xorvatiyalik yarimhimoyachi klubdan ketgan Saul Nigesga o'rinbosar bo'lishi kerak, deb hisoblashadi. Joriy mavsumda Brozovich «Inter» safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240