"Manchester Yunayted" darvozaboni klubdan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Futbolchi o'yin amaliyoti etishmasligidan nolimoqda.
Angliyaning "The Mirror" nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar"ning angliyalik posboni Din Xenderson qishda jamoasini o'zgartirmoqchi. Uning bu qarorga kelishiga jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning unga kam o'yin amaliyoti berilayotgani sabab qilib ko'rsatilgan. Xabarlarga qaraganda, unga "Nyukasl"dan taklif bor. Klub uni qishda sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, bu mavsumda 24 yoshli kiper jamoa tarkibida Angliya chempionatining ikki o'yinida maydonga tushdi.
Manba: The MirrorFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308