Holand jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland jarohat oldi. Shu sabab norvegiyalik hujumchi taxminan uch haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
21 yoshli futbolchi Instagramdagi sahifasida quyidagi postni joylashtirdi: «Biz tiklanishga e'tibor qaratishimiz kerak. Men yanada kuchliroq bo'lib qaytaman».
Erling joriy mavsumda 10 ta o'yinda qatnashdi, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xoland 2020 yildan buyon Dortmund jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304