"Inter" bosh direktori: "Lukaku ikki barobar maosh uchun ketdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning "Chelsi" ga ketishi haqida gapirdi.
"Biz Lukakuni 115 million evroga sotdik va Jekoni tekinga qo'lga kiritdik.
Lukakuning jamoani tark etish sababi, "Chelsi"ning ikki barobar ko'p maosh taklif qilgani bo'ldi. 2000 yilda A seriyada siz hamma joydan ko'ra ko'proq pul ishlab olardingiz, ammo hozir bunday emas”, - dedi Marotta "Corriere della Sera" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Lukaku joriy mavsumda APLda 7ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298