JCh-2022. Oltinchi stadion rasman ochildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Qatarda jahon chempionati uchun qurilayotgan navbatdagi stadionning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Oltinchi stadionga "At-Tumama" nomi berildi.
O'yingoh 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Bu arena guruh bosqichi o'yinlari hamda pley-off bosqichi, jumladan, chorak final bahsini qabul qiladi. Stadionning tashqi dizayni oq do'ppi ko'rinishida qilindi.
Stadionning rasmiy ochilish marosimidan so'ng "As-Sadd" va "Ar-Rayyan" klublari o'rtasidagi Amir kubogi final uchrashuvi o'tkazildi. Unda Xavi boshqaruvidagi "As-Sadd" g'alaba qozondi.



Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
408