Usmon Dembele Finlyandiyaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohatini davolashning so'nggi bosqichida, u yaqin kunlarda yakuniy tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Finlyandiyaga uchib ketadi.
Iyul oyida Dembele Xelsinki shahrida dunyoga mashhur mutaxassis doktor Lasse Lampaynen rahbarligida operatsiya qilingan edi. Oktyabr oyidan boshlab esa futbolchi engil mashg'ulotlarga qaytdi.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, Dembele kelayotgan dam olish kunlari Finlyandiyaga borib, reablitattsiyasining keyingi bosqichiga o'tishdan avval shifokor ruxsatini oladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Evro-2020 da terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Shundan so'ng, Usmon hali maydonga qaytmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384