Blan: "Mbappe - Messi va Ronalduning o'rnini bosa oladigan futbolchilardan biri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Frantsiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kilian - hali juda yosh. Gap 21 yoshli bola haqida ketmoqda. U allaqachon ko'p narsalarga erishgan va bu natijalar hali ham yaxshilishi mumkin. U ayni vaqtda jahon darajasiga chiqqan bo'lsa ham, rivojlanish uchun harakat qilyapti. Kilian - Messi va Ronalduning o'rnini bosa oladigan kam sonli o'yinchilardan biri va u frantsuz, bu biz uchun yaxshi", - dedi Blan Bein Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Mbappe 2017 yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394