«Atletiko» Karim uchun kurashga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Zaltsburg»ning 19 yoshli hujumchisi Karim Adeyemi uzoq vaqt Avstriya jamoasida qolmaydigan ko'rinadi. Evropaning qator top-klublari o'zini Chempionlar Ligasida ajoyib o'yin namoyish etayotgan futbolchini da'vo qilishmoqda.
Oldinroq «Real», «Liverpul» va «Bavariya» yosh iqtidorlarga qiziqish bildirilgani haqida xabar berilgandi. Biroq, Ispaniyaning Diario AS nashri, «Atletiko» ham futbolchi uchun kurash olib borishni maqsad qilgan.
Transfermarkt portali Germaniya terma jamoasining yangi kashf qilingan yulduzini 20 million evroga baholamoqda. Hujumchi joriy mavsum «Zaltsburg» safida 17 o'yinda 12 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428