Messi va Ikardi janjali Pochettinoga yoqmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274
Oradan bir necha oy o'tmacdanoq, «PSJ» kiyinish xonasi ikki guruhga bo'lingan. Gap shundaki, Lionel Messi va Mauro Ikardi hali ham o'zaro janjaliga nuqta qo'ymagan. Eslatib o'tamiz, turli mish-mishlarga ko'ra, Ikardi uch yil davomida aynan «Barselona»ning sobiq etakchisi tufayli terma jamoaga chaqirilmagan.
El Nacional nashri xabariga, murabbiy Maurisio Pochettino argentinaliklar o'rtasidagi jamoa tarangligidan norozi.
Shuningdek, Messi forvardni sotishga umid qilayotgani xabar qilingan. Aytgancha, avvalroq mahalliy ommaviy axborot vositalari «Barselona» bilan Aguero va Ikardi almashuvini amalga oshirishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!