Pellegrini: «Men faqat kechirim so'rashim va imkon qadar tezroq o'zimizga kelishga va'da berishim mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

«Roma» sardori Lorentso Pellegrini Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichining 3 -tur uchrashuvida «Bude Glimt»ga (6:1) yirik mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Men faqat kechirim so'rashim va imkon qadar tezroq o'zimizga kelishga va'da berishim mumkin. Biz kerak bo'lgan hamma narsani echinish xonasida aytdik va u gap o'sha erda qoladi. Ba'zida biror narsani o'rganish uchun "tarsaki eyish" kerak bo'ladi. Bugun biz o'zimizga munosib bo'lgan zarbani oldik. Biz bu mag'lubiyatdan saboq olishimizkerak. Men tashvishlanmayman, umidsizlikka tushmayman, shunchaki jahlim chiqdi. Ertadan boshlab, biz bundan ham kuchliroq ishlashimiz kerak, chunki bizni oldinda g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinlar kutmoqda», - deya Pellegrini so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.

Bosh sahifaga
398