Sulsher futbolchilar bilan ochiqchasiga gaplashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Murabbiy so'nggi vaqtlardagi yomon natijalar tufayli futbolchilar bilan yig'ilish o'tkazgan.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher klubning so'nggi vaqtlardagi ko'rsatayotgan natijalari tufayli dushanba kuni barcha klub a'zolari bilan uchrashuv o'tkazgan. Bunda mutaxassis futbolchilardan unga ishonishini va natijalarga o'zi javob berishini aytgan. Shuningdek, keyingi o'yinlarda o'yinchilar bor kuchi bilan harakat qilishsa, vaziyatni yana o'nglash imkoniyati borligini ma'lum qilgan, bu haqida "The Times" nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" Sulsher boshchiligida so'nggi 4 o'yinning 2tasida g'alaba qayd etib, 1 durang va 1 mag'lubiyatga uchragan.
Manba: The TimesFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
458