Sambochimiz «Ko'chmanchilar olami» xalqaro etnofestivalida sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1818

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Ko'chmanchilar olami” xalqaro etnofestivali start oldi. Joriy musobaqada dunyoning 90 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar o'z yo'nalishida qatnashishmoqda.
Yurtimiz nomidan sambo bahslarida o'z omadini sinab ko'rgan polvonimiz Nurbek To'raev musobaqaning mutlaq vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
E'tiborlisi, bahslar davomida kurashchilarning gilamga chiqib kelishi, sportchilar paradi, bellashuvlar teatrlashtirilgan ko'rinishda tashkil qilindi. Bunda jamoa a'zolari ijodiy yondoshgan holda musiqalardan ham foydalanishgan.
Bellashuvlar jarayonini Osiyo sambo ittifoqining hakamlar hay'ati raisi Islom Odilov boshqarib bordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322