Konferentsiyalar ligasi. "Roma" 6:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Shomurodov ikkinchi bo'limda maydonga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Konferentsiyalar ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Yurtdoshimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan Italiyaning "Roma" jamoasi bu turda Norvegiyaga safar uyushtirdi va kutilmaganda o'ta yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Mezbonlar safida Botxeym xet-trik qayd etgan bo'lsa, Berg, Solbakken va Pellegrino bittadan gol muallifi bo'lishdi. "Bo'rilar"dan ushbu golga faqat Karles Peres javob bera oldi xolos. Yakuniy hisob - 6:1.
Eldor Shomurodov uchrashuv ikkinchi bo'limining 46 daqiqasida Borxa Mayoral o'rniga maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Konferentsiyalar ligasi
3-tur
Stadion: "Aspmira" (Budyo)
Hakam: Palabiyik A. (Turkiya)
"Budyo/Glimta" – "Roma" - 6:1 (2:1, 4:0)
Gollar: Botxeym 8 (1:0), Berg 20 (2:0), Peres 28 (2:1), Botxeym 52 (3:1), Solbakken 71 (4:1), Pellegrino 78 (5:1), Botxeym 80 (6:1).
"Budyo/Glimt" - Xaykin, Fet, Solbakken, Sampsted, Pellegrino, Myo, Lode, Konradson, Byorkan, Botxeym, Berg.
"Roma" - Patrisiu, Vilyar, Darbo, Diavara, Ibanes, Kalafori, Kumbula, Mayoral, Peres, Reynolds, El-Shaaravi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
284