«Bavariya» yuqori sermahsullik namoyish etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Xabaringiz bor, kecha «Bavariya» «Benfika» bilan bahsda navbatdagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
«Nemis mashinasi» «Benfika»ga javobsiz to'rtta gol yo'lladi. Jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida to'qnash keldi.
Statistikaga ko'ra, «Bavariya» oxirgi 10 ta o'yinda 49 ta gol urdi. O'rtacha bu har bir o'yinga 4,9 tadan to'g'ri keladi.
O'tgan dam olish kunlari «qizillar» Leverkuzenning «Bayer» klubini mag'lubiyatga uchratgandi va birinchi bo'limdayoq barcha savollarga javob berdi (1:5).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336