Anchelotti: «Benzema o'tgan mavsumdagi o'yinlari uchun "Oltin to'p"ga loyiq»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Karim Benzemaning o'yini haqida gapirdi.
"Hozir u etakchilik fazilatlari yaqqol ko'rinadigan, xarakteri kuchliroq futbolchi. Buni o'yin davomida ham, maydon tashqarisida ham ko'rish mumkin. U o'zini jamoada muhim ekanligini his qiladi. Bu mutlaqo to'g'ri. Biz shunday mahoratli hujumchiga ega bo'lish baxtiga muyassar bo'lganimizdan hursandmiz.
Benzema etakchi. U maydonda va uning tashqarisida boshqalarga o'rnak ko'rsatmoqda.
"Sizningcha, Benzema "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladimi?"
Karim bu sovrinni oladimi, yo'qmi bilmayman. Bu unga yoki bizga bog'liq narsa emas. Bu boshqa odamlar unga beradigan bahoga bog'liq.
O'ylaymanki, Benzema "Oltin to'p"ni o'tgan yili va hozirda ko'rsatayotgan o'yin qo'lga kiritishga loyiq", - dedi Anchelotti.
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
346