"Nyukasl" o'zi uchun yana bir yosh futbolchini belgilab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Nyukasl" klubi kelayotgan qishda o'zi uchun yana bir futbolchini belgilab oldi. Xabar qilinishicha, "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi Koul Palmer eng boy klub e'tiboriga tushgan.
Palmer EChL doirasida "Bryugge"ga qarshi uchrashuvda gol urgan edi. U joriy mavsumda katta jamoa safida umumiy 202 daqiqa harakat qilgan. U Gvardiola tomonidan "O'ziga xos iste'dod egasi" deb e'tirof etilgan edi.
19 yoshli yarim himoyachi "Nyukasl" uchun yaxshi variantlardan biri. Shu sabab Palmer "qarg'alar" safiga mavsum davomida ijaraga berilishi mumkin. Bu kabi transferlardan tabiiyki, har ikki tomon manfaatdor bo'ladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310