Braziliya va "PSJ" sardori Neymarni himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

"PSJ" va Braziliya terma jamoasi sardori Markinos o'z jamoadoshi Neymarni himoya qildi. Neymarning 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin termadan ketish fikri butun Braziliya ahlini jumbushga keltirgandi.
Markinos esa Neymar fikrini ommaga to'g'ri etkazishga harakat qildi: "Odamlar ko'p gapirishadi. Ular Neymarni tushunmagan ko'rinishadi. U o'z fikrida 2022 yildan keyin o'z formasi qanday bo'lishini bilmasligini, terma jamoa uchun munosib o'yin ko'rsatishga ko'zi etmasligi mumkinligini aytmoqchi edi. Hozir u o'z futbolini namoyish etishga harakat qilmoqda. U keyingi musobaqalarda ishtirok etadi. Bizga "PSJ" va Braziliyada o'zimizni ko'rsatish uchun hali imkoniyat bor. Biz bundan foydalanishga harakat qilamiz".
Eslatib o'tamiz, parijliklar kelayotgan turda "Marsel" maydoniga safar uyushtirishadi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
334