"Nyukasl" yana bir hujumchiga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Angliyaning "Nyukasl" jamoasi yangi rahbariyati jamoani kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda.
Xabarlarga qaraganda, jamoa "Everton"ning angliyalik hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl" liverpulliklar bilan muzokaralarni qishgi transferlar vaqtida boshlamoqchi.
Qayd etish joiz, 24 yoshli hujumchi ayni vaqtda jarohatini davolamoqda. U bu mavsumda "Everton" safida 3 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali futbolchini 45 million evroga baholagan.
Manba: Daily TelegraphFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250