«Barselona» va «Leyptsig» o'zaro futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Barselona» «Leyptsig» yarimhimoyachisi Dani Olmo bilan shartnoma imzolashning mumkin bo'lgan variantlarini ko'rib chiqmoqda. Klub transfer narxi 60 million evroni hisobga olganda, futbolchini olish oson bo'lmasligini tushunadi.
Todofichajes nashri so'zlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» «buqalar»ga o'z futbolchilaridan birini taklif qilib, Olmoning transfer narxini pasaytirmoqchi. Manbaga ko'ra, Klement Langle, Samuel Umtiti yoki Riki Puch «Leyptsig»ga ko'chib o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Olmo va «Leyptsig» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsum davomida 23 yoshli futbolchi atigi 1ta o'yin o'tkazdi va 1ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192