Ronaldu: «Orzular teatri yonmoqda!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135
«Manchester Yunayted» yulduzi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida «Atalanta» ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi. Mankunianliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. 36 yoshli portugaliyalik g'alaba to'pini kiritdi.
«Orzular teatri yonmoqda! Ha! Biz birlashsak, hech qachon taslim bo'lmaymiz. Bu - «Old Trafford», - deydi hujumchining instagramdagi sahifasida.
Uch tur natijasiga ko'ra, «qizil iblislar» olti ochko jamg'arib, «F» kvartetida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!