Dunyoning eng boy futbol murabbiylari. Top-5
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304
Bundan bir necha kun ilgari 2021 yil uchun eng boy futbolchilar reytingi haqida ma'lumot bergandik. Endi navbat murabbiylarga. Faqat bu maoshlar bo'yicha emas, umumiy boylik ma'nosidagi raqamlardir.
5-o'rin. Fabio Kannavaro
$100 000 000
2006 yil Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g'alaba qozonib dunyoning eng yaxshi futbolchisi deya e'tirof etilgan Fabio futbolchilik faoliyatini yakunlagach radarlardan yo'qolib qoldi, go'yo. Aslida sobiq himoyachi dastlab arab shayxlari, so'ng esa xitoylik milliarderlar bilan hamkorlik qildi. So'nggi jamoa “Guangjou Evergrand” bo'lgan bu Fabio so'nggi 7-8 yil ichida murabbiylik ishidan 100 million AQSh dollari ishlab topdi. O'tgan oydan boshlab ishsiz qolgach, endi u balki Evropada ham ko'rinish berib qolishi mumkin.
4-o'rin. Zayniddin Zidan
$120 000 000
Frantsiyalik murabbiy albatta futbolchilik faoliyati davomida ham dunyoning eng ko'p maosh oluvchi to'pteparlaridan biri bo'lgan. Ammo murabbiylikning o'zini olib qarasak ham qisqa davr mobaynida u ancha o'sishga erishganini ko'rish mumkin bo'ladi. Hozirda ishsiz bo'lib turgan bu mutaxassis 120 million dollar mablag'ni “Real”da o'tkazgan yillari ishlab topdi. Qatorasiga 3 marotaba ChLda g'olib bo'lish orqali u har qanday baland maoshga munosib ekanini isbotlab ulgurgan.
3-o'rin. Joze Mourino
$120 000 000
“Roma”da yillik 7,5 mln. evro ishlab topayotgan Joze zamonaviy futbolga o'zgacha ruh olib kirgan murabbiylardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u sovrindorlik borasida ham qolganlardan ajralib turadi. Yirik turnirlardagi 25ta titul! Garchi so'nggi yillarda uning g'oyalari eskirgandek ko'rinayotgan bo'lsada Muorino hozirgacha dunyodagi eng ko'p iqtibos olinadigan futbol murabbiyi hisoblanadi.
2-o'rin. Xosep Gvardiola
$120 000 000
Qaerda Mourino bo'lsa ortidan Pep Gvardiola nomi ham kelishiga o'rganib qolganmiz. Bu erda ha shunday. Zamonaviy futbolga go'zal o'yin uslubini taqdim eta olgan murabbiy maoshlar borasida ancha kamtarin. Uning “Manchester Siti”dagi yillik maoshi, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 23 mln. funt sterlingni tashkil etadi. Albatta, ispaniyalik mutaxassis “Barselona” va “Bavariya” murabbiyi sifatida ishlagan chog'lari ancha mablag' ishlab topgan. Va uning ham boyligi 120 mln. dollar atrofida baholanmoqda.
1-o'rin. Diego Simeone
$350 000 000
Ro'yxatning Simeone boshqarayotganida ajablanayotganlar bormi? So'nggi yillarda baland maoshi bilan muntazam ravishda bunday reytinglarda birinchi bo'lib kelayotagan Diego mana 10 yildirki “Atletiko”da ishlab kelmoqda. Uning qolganlarda farqi albatta barqaror ekani va pullarga bo'lgan munosabatida. Bugungi kunda yillik maoshi 43 mln. evrodan o'tuvchi bu insonning umumiy boyligi 350 mln. dollar atrofida baholangan. Nima ham derdik – Qoyil!
Orif Tolipov.
Reytingda keyingi pog'onalarni quyidagi murabbiylar egallagan:
Antonio Konte — 90 million dollar
Yurgen Klopp — 80 million dollar
Rafael Benites — 80 million dollar
Karlo Anchelotti — 70 million dollar
Ole-Gunnar Sulsher — 80 million dollar