"Atalanta" ustozi "MYu" darvozaboni haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Atalanta" bosh murabbiyi Gasperini "MYu" darvozabonini maqtadi. U De Xea haqida shunday deydi:
"O'yinda bundan ko'piga qodir emasdik. Biz g'alaba uchun o'ynadik, ammo stadiondagi muhit biz uchun noqulaylik tug'dirdi. Biz ikkita goldan keyin uchinchisiga juda yaqin kelgandik. Ammo raqib darvozabonining ikkita seyvi bunga yo'l qo'ymadi. Bu tahsinga sazovar harakatlar edi. Ushbu voqeadan keyin hisob 2-2 ko'rinishiga keldi va biz uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. Biz mana shunday o'yinlardan o'rganishda davom etamiz".
"Atalanta" Italiya chempionatining keyingi turida o'z uyida "Udineze" bilan bahs olib boradi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235