"Nyukasl" portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Nyukasl" klubi sobiq "Roma" bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan aloqaga chiqqan. Xabar qilinishicha, klub rahbariyati mutaxassis bilan "ZOOM" platformasida uchrashuv o'tkazgan.
U yozda "Tottenxem"ga o'tishiga bir bahya qolgan edi. Portugaliyalik murabbiy klub tarixida yangi davrni boshlashi mumkin. U bilan birga, xabarda Lyusen Favr, Eddi Hou hamda Frenk Lempard nomlari variant sifatida taqdim etilgan.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" rahbariyati chorshanba kuni Stiv Bryus bilan ikki tomonlama rozilik bilan bitimni bekor qilgan edi.
Manba: caughtofffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212