"Chelsi" ikkita hujumchisidan ma'lum muddatga ayrilgan bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Chelsi" bugun tunda EChL doirasida Shvetsiyaning "Malmyo" klubi bilan kuch sinashdi va g'alaba qozondi.
Manba: futaa.com
"Chelsi" bugun tunda EChL doirasida Shvetsiyaning "Malmyo" klubi bilan kuch sinashdi va g'alaba qozondi. Ammo uchrashuvda londonliklar jiddiy yo'qotishlarga duch keldi.
Xususan, Belgiya terma jamoasi a'zosi Romelu Lukaku o'yinning 23 daqiqasidayoq jarohat bilan maydonni tark etdi. Timo verner ham o'yin davomida jarohat bilan zahiraga olindi.
Tomas Tuxel o'yindan keyin bu juftlik bir necha o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkinligini tasdiqladi. "Chelsi" bu g'alabadan keyin "H" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Ular APLda shanba kuni "Norvich"ni mehmon qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215