O'zbekiston terma jamoasining Serbiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Xabaringiz bor, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo'yicha erkaklar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi. Unda yangi vazn toifalari ham kiritilgan bo'lib, sportchilar jami 13ta medallar shodasi uchun janglarda ishtirok etishadi.
Boks bo'yicha olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov 51 kg. vaznda ishtirok etsa, jahon chempioni (2017) Shahram G'iyosov 71 kg. vaznda musobaqaga yo'l olyapti.
O'zbekiston boks federatsiyasi ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz a'zolari ro'yxatini rasman ma'lum qiladi:
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Do'smatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg. Abdumalik Xalakov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-71 kg. Shahram G'iyosov
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-80 kg. Odiljon Aslonov
-86 kg. Shohjahon Abdullaev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Katta murabbiy: Rahmatjon Ro'zioxunov
Murabbiylar:
Ravshan Xodjaev
Farrux Qilichev
Xamza Avezov
Istam Kabinov
Bahodir Erkaev
Ilyas Rahimjonov
Alisher To'ychiev
Davron Gafurov
Abduvohid Jalolov
Shifokor: Komiljon Rasulov
Menejer: Tamila Sarixanova
Matbuot kotibi: Aziz To'xtamurodov

O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Serbiyadagi Jahon chempionati g'oliblariga oltin medal bilan birga yuqoridagi suratda ko'rinib turgan kamar ham topshiriladi.

Bosh sahifaga
225