"MYu" hujumchisi ushbu gol bilan o'ziga xos natijaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Krishtianu Ronaldu "Atalanta"ga qarshi kombekni yakunlab, jamoasi g'alabasida asosiy omil vazifasini bajardi. 36 yoshli futbolchi bu mavsumda EChLning har uchta turida gol urdi.
Bu natijani u 2007 yilda ham qayd etgandi. O'shanda ham Krishtianu uchta ketma-ket o'yinda gol urgan. Ushbu gol, shuningdek, Ronalduni 2021 yilda EChL bahslarida eng ko'p g'alaba golini kiritgan futbolchiga ham aylantirdi.
Qolaversa, portugaliyalik "MYu" safida evrokuboklarda Endi Koul qayd etgan natijaga etib oldi. Sulsher natijasiga etish uchun esa unga yana bitta gol etishmayapti, xolos.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227