OFK kubogi finaliga chiqqan «Nasaf» qancha daromad topdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Nasaf" OFK kubogi yarim final bosqichida Gonkongning "Li Man" klubini mag'lub etib, musobaqa finaliga yo'l oldi.
Qarshiliklar finalda Bahraynning "Muharraq" klubi bilan to'qnash kelishadi. Uchrashuv 5 noyabr kuni Manama shahrida bo'lib o'tadi.
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari mazkur o'yinda g'alaba qozonib, sovrinni qo'lga kiritishsa, 1,5 million dollar miqdorida mukofot puliga ega bo'lishadi. Jamoa mag'lubiyatga uchrasa, o'z g'aznasini 750.000 dollarga boyitadi.
"Nasaf" rahbariyati OFK kubogidagi g'oliblik uchun murabbiylar va futbolchilarga mukofot pulini va'da qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220