«Nyukasl Yunayted» Dembelega 15 million evro maosh to'lamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Kataloniyaning «Barselona» klubi o'z hujumchisi Usman Dembele bilan hamkorlikni davom ettirish borasida muzokara o'tkazishga uringan, ammo muzokaralar to'xtab qolgan, deb yozadi Todofichajes nashri. Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchi talab qiladigan maoshni to'lay ololmaydilar.
Vaziyatni «Nyukasl Yunayted» vakillari diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Manbaga ko'ra, «qarg'alar» allaqachon frantsuz futbolchisi agenti bilan muzokaralarga kirishgan. Ular Dembeleni yozda, «Barselona» bilan shartnomasi tugagach, tekinga qo'lga kiritmoqchi va hujumchiga 15 million evro maosh to'lashga tayyor.
Usmon bu variantdan ko'proq mamnun, chunki u anchadan buyon Angliya Premer-ligasida o'zini sinab ko'rmoqchi edi.
Qizig'i shundaki, «Barselona» futbolchini Dortmundning «Borussiya» klubidan 135 million evroga sotib olgan va endi uni tekinga qo'ldan chiqarish xavfi bor.

Bosh sahifaga
181