Kuman "Dinamo Kiev"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasida "Dinamo Kiev"ni mag'lub etganidan so'ng (1:0) kataloniyaliklar ko'proq gol urishlari kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, u jamoani oldinda "Real" bilan o'yin borligini, bunga g'alaba bilan etib borish muhimligini qo'shimcha qildi.
"Bu natija Chempionlar ligasidan umidimizni saqlab qolishimizga imkon berdi. Ushbu g'alaba tufayli hali ham barchasidan umid qilsak bo'ladi. O'yin davomida biz intrigani avvalroq o'ldirishimiz va ishni oxiriga qoldirmasligimiz kerak edi. Endi “el-klasiko”ga e'tiborimizni qaratamiz. Bunday o'yinga g'alaba bilan etib borish har doim kuch beradi.
Bunday o'yinlar 3:0 yoki 4:0 bilan yakunlanishi kerak. Ammo jamoaning asosiy hujumchilari safda bo'lmaganda, vaziyatlarni 100 foiz golga aylantirishni talab qilish mumkin emas", - dedi Kuman UEFA matbuot xizmatiga.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
208