Marko Stanoevich: «Bugun barcha xursand bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

OFK kubogi-2021 hududlararo final “Nasaf” – “Li Man” uchrashuvidan so'ng Marko Stanoevich bellashuv haqida o'z fiklarini bildirib o'tdi.
“O'yinni yaxshi boshlagan edik. Birinchi bo'limda kerakli barcha ishni qilgandik. Ammo ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berildik. Buni xotirjamlik deb ham bo'lmaydi. Tezkor gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramasdan o'yinni nazorat qildik. Uchrashuv so'ngida gol urishga erishdik va g'alaba qozondik. O'zimizni, rahbariyatni va albatta muxlislarimizni xursand eta oldik. Barchani finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman”, – deb o'z fikrlarini yakunladi Marko.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201