«Barselona» Chempionlar ligasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida «Barselona» o'z uyida Kievning «Dinamo»ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Kuman shogirdlari birinchi bo'limda golga tortadigan 4ta vaziyat yaratishdi. Lyuk de Yong tomonidan yo'llangan bitta xavfli zarbani darvozabon qaytargan bo'lsa, niderlandiklik forvardning bosh bilan yo'llagan bitta zarbasiga aniqlik etishmadi.
Kievliklar posboni Bushchan "Barsa" himoyachisi Serjino Dest tomonidan yaqini masofadan yo'llangan zarbani qaytardi. Ammo burchak zarbasidan keyin kataloniyaliklar baribir hisobni ochishdi. Pikening zarbasi qarshiisida ukrainalik posbon ojiz qoldi.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushgan Ansu Fati ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo u 3 metr masofadan 7 metrli darvozani ishg'ol eta olmadi.
"Dinamo Kiev" ikkinchi taymda hujumlarga o'tib turdi, ammo kievliklarga raqib darvozasini zabt etish nasib etmadi.
"Barselona" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 3taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
EChL, guruh bosqichi, 3-tur
Barselona Ispaniya – Dinamo Kiev Ukraina 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 36 Pike.
Barselona – ter Stegen, Mingesa (Koutino, 46), Pike, Langle, Alba, Buskets, de Yong, Gavi (Serji Roberto, 69), Dest, de Yong (Fati, 46), Depay (Aguero, 75).
Dinamo Kiev – Bushchan, Kendzera (Tiimchik, 78), Sirota, Zabarniiy, Mikolenko, Tsiigankov (Karavaev, 85), de Pena (Vitino, 61), Sidorchuk, Buyalskiy (Ramires, 85), Shaparenko, Supryaga (Garmash, 61).
Ogohlantirish: Dest (90).

Bosh sahifaga
202